Bizning loyihalar

Toshkent metropolitenida mobil radiotelefon aloqasi va WI-FI taʼminotini tashkillashtirish

Ushbu loyiha mobil radiotelefon aloqasi va WI-FI Internetga simsiz ulanish tarmogʻini tashkil etishga qaratilgan boʻlib, bu oʻz navbatida mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirishga, Toshkent metropolitenining ommalashuviga va Oʻzbekiston Respublikasi axborot infratuzilmasining rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Loyiha ishga tushirilgan.

Image

ITI-IX xalqaro trafik almashish nuqtasi

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida trafiklarni ishlatishga, dunyoga mashhur va ommabop xizmatlarning (Odnoklassniki, VKontakte, Yandex, Mail.ru Group va boshqalar) murakkab kontentiga tez va sifatli ulanishni taʼminlashga qaratilgan.

Loyiha ishga tushirilgan.

Image

Qonuniy televideniye

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy televideniyeni xalqaro standartlarga muvofiq ishga tushirish. Loyihani amalga oshirish uchun dunyo boʻylab mashhur boʻlgan Viasat, Red Media, Viacom, Chanel +, UFC, Euronews, Discovery Inc kabi televizion kanallarning mualliflik huquqi egalari bilan bir qator eksklyuziv shartnomalar imzolangan.

Loyiha ishga tushirilgan.

Image

#O'zgarishUchunVaqt