ICTExpo koʻrgazmasida Metrotelecom va Ucell kompaniyalari metroda mobil aloqa yoʻlga qoʻyilganligini eʼlon qilishdi.

25-sentyabr kuni “Oʻzekspomarkaz”da ICTWeek Uzbekistan AKT Haftaligi doirasida har yili oʻtkaziladigan ICTExpo axborot-kommunikatsiya texnologiyalari koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 16-chi ICTExpo koʻrgazmasi yuqori texnologiyalar sohasidagi eng yirik mahalliy va xorijiy qatnashchilarni birlashtirdi.

Kompaniyaning ICTExpo-dagi ishtiroki Toshkent metrosining Chilonzor yoʻnalishidagi “Amir Temur xiyoboni” va “Mustakillik maydoni” stansiyalarida Ucell mobil tarmogʻini tantanali ravishda ochilish marosimidan boshlandi.

Tugmani bosish orqali ramziy start berildi. Marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Muxamadjanovich Sadikov, Metrotelecom Bosh Direktori Alimxan Alimov, Ucell Bosh Direktori Vladimir Kravchenko ishtirok etishdi. Metrotelecom kompaniyasi va UCELL kompaniyasining qoʻshma loyihasi – bu telekommunikatsiya sohasida mamlakatni rivojlantirish yoʻlidagi tarixiy va shubhasiz muhim voqeadir.

Ushbu yoʻnalishni amalga oshirish, avvalambor, Vatanimizning sayyohlik jozibadorligini oshirish, shuningdek, respublika aholisi va mehmonlari uchun koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan umumiy ishlarga oʻz hissasini qoʻshishdir. Metropolitenda mobil aloqadan foydalanish imkonining mavjudligi Toshkent metropolitenining jozibadorligini oshirishiga aminmiz.

Jamoamiz ushbu tarixiy tadbirda ishtirok etganidan xursand boʻldi.