UZREPORT TV UFC 249 turnirini translyatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻldi.

Butun dunyo karantin holatida boʻlib, sevimli sport musobaqalarini faqat yozuvlar boʻyicha koʻrib chiqishga majbur boʻlayotgan boʻlsa, UFC haqiqiy turnir tayyorlamoqda. 10-may kuni koʻp sonli jangchilar ishtirokida uzoq kutilgan aralash yakkakurash sanʼati muxlislari uchun UFC 249 turniri boʻlib oʻtadi.

Tomoshabinlarning katta qiziqishi va murojaatlarini inobatga olgan holda UZREPORT TV telekanali ushbu turnirni Oʻzbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Telekanalda turnirni namoyish etish UFC TV va Oʻzbekistonda UFC TVni translyatsiya qilish huquqlarining eksklyuziv distribyutori boʻlgan Metrotelecom bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Butun turnir 9-may oqshomida AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahridagi VyStar Veterans Memorial Arena majmuasida boʻlib oʻtadi. Biroq, vaqt mintaqalaridagi farq tufayli translyatsiya Oʻzbekistonda 10-may kuni ertalab soat 05:00da boshlanadi.

Bir oqshomda 12-ta jang boʻlib oʻtadi. Ulardan ikkitasi chempionlik unvon uchun kurash: Toni Fergyuson - Jastin Getjiga qarshi, shuningdek Genri Sexudo - Dominik Kruzga qarshi. Sizni boshdan oxirigacha hayajonli toʻqnashuvlar kutmoqda.

Ushbu kunda tomoshabinlarga yorqin tuygʻular va yaxshi kayfiyat tilaymiz!