Metrotelecom huquq egalari bilan litsenzion shartnomalarga ega yagona operator sifatida mashhur Rossiya va xalqaro telekanallarning ko‘rsatuvlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida HD formatida ishga tushirilishini e’lon qiladi

Metrotelecom savdo belgisi ostida tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi «INDEPENDET TELE-COM INNOVATIONS» MChJ O‘zbekistonda birinchilar qatorida huquq egalari va ularning vakillari bilan kelishuvlar imzoladi. Ular orasida Nickelodeon, NickToons, Nick Jr., MTV, MTV HD, MTV LIVE, MTV DANCE, Eurosport, UFC TV, M1 Global, Viasat Explorer, Viasat History, Viasat Nature, Kinopremera, Kinoxit, TV Kuxnya, Match Premer VH1 European, Paramount Channel, Animal Planet, Spike, Discov-ery, Discovery Science kabi taniqli va mashhur hamda boshqa ko‘plab kanallar mavjud. Batafsil ro‘yxat bilan kompaniyaning rasmiy saytida tanishish mumkin.

Shunday qilib, Metrotelecom Kompaniyaning www.metrotelecom.uz internet sahifasida sanab o‘tilgan televizion kanallarning yagona operatori hisoblanadi.

Televizion kanallarni retranslyatsiya qilish uchun zamonaviy talablarga javob beruvchi, ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega eng zamonaviy texnologiyalar va yechimlardan foydalanilgan.

Televizion kanallarni yetkazib berish Moskva shahridagi Ostankino bosh stansiyasidan CDN (Kontentni Yetkazib berish Tarmog‘i) texnologiyasi yordamida internet tarmog‘i orqali kechiktir-masdan, signal sifatini yo‘qotmagan va DRM himoyadan (mualliflik huquqlarini texnik himoya qilish vositalaridan) foydalangan holda amalga oshiriladi. Retranslyatsiya qilinadigan kanallarning to‘liq ro‘yxati tegishli ravishda vakolatli davlat organlari bilan birgalikda kelishilgan va ma’qullangan bo‘lib, Metrotelecom ularga o‘z hurmati va min-natdorchiligini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006 yilda qabul qilingan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi" O‘RQ-42-son Qonuni teleko‘rsatuvlar, filmlar, seriallar hamda televizion kanallar orqali namoyish qilinadigan boshqa mualliflik huquqi obyektlarining mualliflari va huquq egalari huquqlarining huquqiy muhofazasini belgilaydi. Mualliflar, huquq egalari yoki ularning vakillari bilan im-zolangan litsenzion shartnomalarning mavjudligi mualliflik huquqi obyektlaridan, ayniqsa tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Metrotelecom, mashhur televizion kanallarning huquq egalari hisoblangan VIASAT, Viacom, Paramount va Red Media Group kabi global mediaxoldinglar bilan litsenzion shartnomalarning imzolanishi O‘zbekistonda iqtisodiyotning ochiqligi va uning investitsion jozibadorligi sohasida erishilgan yutuqlarning yana bir e’tirofi bo‘lib hisoblanishiga ishonadi.

Metrotelecom barcha manfaatdor shaxslarni tegishli litsenziyalar va ruhsatnomalarga ega mashhur televizion kanallardan bahramand bo‘lish imkoniyatini ta’minlash maqsadida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga, O‘zbekiston Respublikasida faqat Metrotelecom bilan shartnoma tuzish orqali namoyish etilishi mumkin bo‘lgan televizion kanallarni retranslyatsiya qilish uchun shartnomalarni tuzishga taklif qiladi.

«Biz mamlakatimizda qonuniy televideniyeni rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishni istaymiz. Katta sa’y-harakatlarni amalga oshirdik va televizion kontentning asosiy huquq egalari bilan birgalikda ishlash to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishdik. Bu media xizmatlarning rivojlanishiga turtki beradi. Mamlakatimiz uchun esa qonuniy kontent hamda intellektual mulk va huquq egalarining huquqlariga rioya qilish sohasida faol ilgari siljish imkoniyatini yaratadi. Eng asosiysi esa, fuqarolarimiz yanada ko‘p kanallar va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, eng yuqori sifatli televizion suratlarga ham erishadi.»

"INDEPENDENT TELECOM INNOVATIONS" mas'uliyati cheklangan jamiyati O'zbekiston Respublikasi hududida telekanallarni efirga uzatish (takrorlash) huquqlariga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi telekanallarining birinchi huquqiy eshittirishlaridan biri hisoblanadi:
Мужское Кино
M-1 Глобал
Киносерия
Индийское Кино
Кинокомедия
Кухня Тв
365 Дней ТВ
Авто Плюс
Кинопремьера
Кинохит
Киносвидание
Viasat Sport
TV1000
TV 1000 Action
Viasat Explorer
Viasat History
Viasat Nature
TV 1000 Русское кино
Da Vinci
Феникс+Кино
MyZen
ZooMo
Luxe Tv
NickToons
Nick Junior
Spike
Discovery HD
Discovery Science
Наше Новое Кино
Родное кино
Киномикс
Киносемья
Матч Премьер
Наш Футбол
Матч! Планета
Ля-Минор ТВ
HD Life
Беларусь 24
Мультиландия
EuroNews
UFC ТВ
Fuel
Love Nature
Museum
IConcert
MTV HD
MTV LIVE
MTV DANCE
Nickelodeon
Nickelodeon HD
VH1 European
Paramount Chanel
Animal Planet
Eurosport 1
Eurosport 2
Cmucic