Metrotelecom kompaniyasi va Allplay multimedia xizmati koʻplab Rossiya va xorijiy telekanallarni translyatsiya qilish doirasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Allplay Metrotelecom kompaniyasining birinchi sherigi boʻlib, oʻz platformasida telekanallarni qonuniy ravishda efirga uzatishni boshlagan operatorga aylandi.

Allplay foydalanuvchilari endi MTV, Nickelodeon, UFC TV, M1 Global, Paramount Channel, VH1 va boshqa telekanallarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi! Kanallar roʻyxatini https://allplay.uz/app saytida Metro toifasida koʻrishingiz mumkin.

Full HD sifatiga ega 49 ta yangi yorqin kanallar Onlayn TV Premium yangi obunalarida mavjud.

Sinov (test) rejimida hamma foydalanuvchilarga barcha 49 kanalni mutlaqo bepul tomosha qilish uchun ikki kunlik muddat beriladi!